Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1149-modda. Vasiyat majburiyatini qabul qilib olishdan voz kechish huquqi

Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi vasiyat majburiyatidan voz kechishga haqli. Qisman voz kechishga, izohotlar bilan, shartlar qoʻyib yoki boshqa shaxsning foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu moddada nazarda tutilgan huquq ayni bir paytning oʻzida ham merosxoʻr, ham vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi hisoblangan shaxsning merosdan voz kechish huquqiga bogʻliq boʻlmaydi. Agar vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi ushbu moddada nazarda tutilgan huquqdan foydalangan boʻlsa, zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan merosxoʻr bu majburiyatni bajarishdan ozod boʻladi.