Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1156-modda. Kreditorlarning meros qoldiruvchining qarzlarini undirib olishi

Meros qoldiruvchining kreditorlari vasiyatnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchiga) yoki merosxoʻrlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan oʻz talablarini qoʻyishga haqlidirlar. Bu holda merosxoʻrlarning har biri oʻziga tekkan mol-mulkning qiymati doirasida solidar qarzdorlar sifatida javobgar boʻladilar.