Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1162-modda. Qonunni chetlab oʻtish oqibatlari

Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining ushbu boʻlimning qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqqa doir qoidalarini chetlab oʻtib, tegishli munosabatlarni boshqa huquqqa boʻysundirishga qaratilgan kelishuvlari va boshqa harakatlari haqiqiy emas. Bunday holda tegishli davlatning ushbu boʻlimga muvofiq tatbiq etilishi lozim boʻlgan huquqi qoʻllaniladi.