Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1164-modda. Ommaviy tartib toʻgʻrisidagi izoh

Chet el huquqini qoʻllanish Oʻzbekiston Respublikasining huquq-tartiboti asoslariga (ommaviy tartibga) zid keladigan hollarda chet el huquqi qoʻllanilmaydi. Bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasining huquqi qoʻllaniladi. Tegishli chet el davlatining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimi Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimidan farqlanishigina chet el huquqini qoʻllashni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin emas.