Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1195-modda. Isteʼmolchiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik

Tovarni sotib olish, ishni bajarish yoki xizmatni koʻrsatish munosabati bilan isteʼmolchi koʻrgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabga nisbatan isteʼmolchining xohishiga koʻra: isteʼmolchining turar joyi joylashgan mamlakatning huquqi; ishlab chiqaruvchi yoki ishni bajargan, xizmat koʻrsatgan shaxsning turar joyi yoki manzili joylashgan mamlakatning huquqi; isteʼmolchi tovarni sotib olgan, ish natijasini qabul qilgan yoki unga xizmat koʻrsatilgan mamlakatning huquqi qoʻllanadi.