Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 425-modda. Chakana oldi-sotdi shartnomasi

Chakana oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan sotuvchi sotib oluvchiga shaxsiy maqsadlarda, roʻzgʻorda yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalaniladigan tovarni topshirish majburiyatini oladi. Chakana oldi-sotdi shartnomasi ommaviy hisoblanadi.