Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 478-modda. Energiya taʼminoti shartnomasi qoidalarini tutashtirilgan tarmoq orqali taʼminlash borasidagi boshqa munosabatlarga nisbatan qoʻllash

Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, tutashtirilgan tarmoq orqali issiqlik energiyasi bilan taʼminlash munosabatlariga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qoʻllanadi. Agar qonunchilikda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, tutashtirilgan tarmoq orqali gaz, neft va neft mahsulotlari, suv va boshqa tovarlar bilan taʼminlash munosabatlariga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qoʻllanadi.

7-§. Koʻchmas mulkni sotish