Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 487-modda. Tegishli darajada sifatli boʻlmagan koʻchmas mulkni topshirish oqibatlari

Agar sotuvchi sotib oluvchiga koʻchmas mulkni sotish shartnomasining koʻchmas mulk sifati toʻgʻrisidagi shartlariga mos boʻlmagan koʻchmas mulkni topshirsa, ushbu Kodeks 434-moddasining qoidalari qoʻllaniladi, sotib oluvchining tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovarni tegishli darajada sifatli boʻlgan boshqa tovarga almashtirib berishni talab qilish huquqi toʻgʻrisidagi qoidalar bundan mustasno.