Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 559-modda. Prokat shartnomasining muddati

Prokat shartnomasi bir yilgacha muddatga tuziladi. Mulk ijarasi shartnomasini nomuayyan muddatga qaytadan tuzish va ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalar prokat shartnomasiga nisbatan qoʻllanmaydi. Ijaraga oluvchi prokat shartnomasini bajarishni istagan vaqtida rad etishga haqli.