Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 560-modda. Ijarachiga mol-mulkni topshirish

Prokat shartnomasini tuzgan ijaraga beruvchi ijaraga topshirilayotgan mol-mulkning sozligini ijaraga oluvchi ishtirokida tekshirishi, shuningdek uni mol-mulkdan foydalanish qoidalari bilan tanishtirishi yoki unga bu mol-mulkdan foydalanish haqidagi yozma qoʻllanmani berishi shart.