Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 567-modda. Transport vositasini tijorat maqsadida ishlatish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash boʻyicha ijaraga oluvchining majburiyati

Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, transport vositasini tijorat maqsadida ishlatish munosabati bilan yonilgʻi va ishlatish jarayonida sarflanadigan boshqa materiallar haqini toʻlash, yigʻimlar va boshqa chiqimlarni toʻlash ijaraga oluvchi zimmasida boʻladi.