Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 580-modda. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakli

Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi.