Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 582-modda. Ijaraga oluvchining korxonani saqlash va uni ishlatish xarajatlarini toʻlash boʻyicha majburiyatlari

Korxonani ijaraga oluvchi ijara shartnomasi amal qilib turgan butun vaqt mobaynida korxonani tegishli texnik holatda saqlab turishi, shu jumladan uni joriy taʼmirlashi va shartnomada nazarda tutilgan hollarda kapital taʼmirlashi shart. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga olingan korxonani ishlatish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek ijaraga olingan mol-mulkni sugʻurtalash boʻyicha toʻlovlar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar ijaraga oluvchi zimmasiga yuklatiladi.