Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 610-modda. Ijaraga berilgan uy-joyni taʼmirlash

Ijaraga berilgan uy-joyni joriy taʼmirlash, agar uy-joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchining zimmasidadir. Ijaraga berilgan uy-joyni kapital taʼmirlash, agar uy-joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga beruvchining zimmasidadir. Ijaraga berilgan uy-joy joylashgan uyni qayta jihozlashga, agar bunday qayta jihozlash uy-joydan foydalanish shart-sharoitlarini jiddiy ravishda oʻzgartirsa, ijaraga oluvchining roziligisiz yoʻl qoʻyilmaydi.