Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 653-modda. Pudratchining buyurtmachiga axborot berish majburiyati

Agar shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoki axborotning xarakteridan ish natijasidan pudrat shartnomasida nazarda tutilgan maqsadlarda ushbu axborotsiz foydalanish mumkin emasligi anglashilsa, pudratchi buyurtmachiga ishning natijasi bilan birga pudrat shartnomasining narsasini ishlatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishga taalluqli boʻlgan axborotni ham berishi shart.