Agar qurilishni va u bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda qurilish pudrati shartnomasini tegishli darajada bajarishga toʻsiqlar borligi maʼlum boʻlsa, taraflarning har biri bunday toʻsiqlarni bartaraf etish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taraf tegishli toʻsiqlar bartaraf etilmaganligi tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqidan mahrum boʻladi. Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda bir taraf ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarish uchun qilgan xarajatlarni boshqa taraf toʻlashi lozim.