Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 689-modda. Pudratchining majburiyatlari

Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasiga muvofiq pudratchi: ishlarni loyihalash haqidagi topshiriq va boshqa boshlangʻich maʼlumotlarga muvofiq bajarishi; tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachi bilan kelishib olishi, shuningdek, buyurtmachi bilan birga tegishli davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishib olishi; tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini va qidiruv ishlari natijalarini shartnomada belgilangan muddatlarda buyurtmachiga topshirishi; buyurtmachining roziligisiz loyiha-smeta hujjatlarini uchinchi shaxslarga bermasligi shart.