Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 691-modda. Pudratchining hujjatlar va ishlardagi kamchiliklar uchun javobgarligi

Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi loyiha-smeta hujjatlari va qidiruv ishlaridagi kamchiliklar uchun, shu jumladan keyinchalik qurilish jarayonida, shuningdek tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari va bajarilgan qidiruv ishlari maʼlumotlari asosida barpo etilgan obyektni ishlatish jarayonida aniqlangan kamchiliklar uchun javobgar boʻladi. Loyiha-smeta hujjatlarida yoki qidiruv ishlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda pudratchi buyurtmachining talabi bilan loyiha-smeta hujjatlarini bepul qayta ishlab chiqishi va shunga muvofiq zarur qoʻshimcha qidiruv ishlarini bajarishi, shuningdek, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, keltirilgan zararni buyurtmachiga toʻlashi shart.