Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 701-modda. Shartnomani buzganlik uchun pudratchining javobgarligi

Pudratchi ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomasini umuman va tegishli darajada bajarmaganligi uchun, agar shartnomaning buzilishida oʻzining aybi yoʻqligini isbot qilmasa, buyurtmachi oldida javobgar boʻladi. Agar shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, buyurtmachining ishlar qiymati doirasida koʻrgan real zararini pudratchi qoplashi shart.