Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 771-modda. Bank hisobvaragʻi shartnomasi

Bank hisobvaragʻi shartnomasi boʻyicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit muassasasi (bundan buyon matnda — bank) ikkinchi tarafning — mijozning (hisobvaraq egasining) hisobvaragʻiga tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va kiritib qoʻyish, mijozning hisobvaraqdan tegishli summalarini oʻtkazish va toʻlash hamda hisobvaraq boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish majburiyatini oladi. Ushbu bobning banklarga taalluqli qoidalari boshqa kredit tashkilotlari oʻzlariga berilgan ruxsatnoma (litsenziya)ga muvofiq bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish va bajarish chogʻida ularga nisbatan ham qoʻllanadi.