Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 774-modda. Bank hisobvaragʻi shartnomasining shakli

Bank hisobvaragʻi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Bank hisobvaragʻi shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik ushbu shartnomaning haqiqiy boʻlmasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.