Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 779-modda. Hisobvaraqni kreditlash

Bank hisobvaragʻi shartnomasiga muvofiq bank mijozning hisobvaragʻida pul mablagʻlari yoʻqligiga qaramay, mijozning talablariga muvofiq toʻlovlarni amalga oshirgan hollarda bank mijozga toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab tegishli summaga kredit bergan (hisobvaraqni kreditlash) hisoblanadi. Taraflarning hisobvaraqni kreditlash bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz va kredit toʻgʻrisidagi qoidalar bilan belgilanadi.