Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 795-modda. Topshiriqni bajarmaganlik yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik

Mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli darajada bajarilmagan taqdirda, bank buning uchun ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq javobgar boʻladi. Toʻlov topshiriqnomasi boʻyicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan banklar ushbu topshiriqni bergan shaxs oldida solidar javobgar boʻladilar.

3-§. Akkreditiv boʻyicha hisob-kitoblar