Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 799-modda. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv

Mablagʻ oluvchining roziligisiz bekor qilinishi mumkin boʻlmagan akkreditiv chaqirib olinmaydigan akkreditiv deyiladi. Bank-emitentning iltimosiga binoan akkreditiv boʻyicha operatsiyani oʻtkazishda ishtirok etayotgan ijrochi bank chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin (tasdiqlangan akkreditiv). Bunday tasdiqlash ijrochi bank bank-emitentning majburiyatiga qoʻshimcha suratda akkreditiv shartlariga muvofiq toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olganligini bildiradi. Ijrochi bank tomonidan tasdiqlangan chaqirib olinmaydigan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.