Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 850-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarishning vujudga kelish (joriy boʻlish) asoslari

Mol-mulkni ishonchli boshqarish quyidagi asoslarda vujudga keladi (joriy etiladi): muassis bilan ishonchli boshqaruvchi oʻrtasida tuziladigan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi; vasiyatning ijrochisi (ishonchli boshqaruvchi) tayinlangan vasiyatnoma; sud qarori; vasiylik va homiylik organining vasiylikka olingan shaxsning mol-mulki ustidan vasiylik belgilash toʻgʻrisidagi qarori; qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik faktlar.