Mutaxassis sudga ogʻzaki yoki yozma shaklda maslahat (tushuntirish) beradi. Mutaxassisning yozma shaklda bergan maslahati sud majlisida oʻqib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ogʻzaki maslahat bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga kiritiladi. Maslahatni aniqlashtirish va toʻldirish maqsadida mutaxassisga savollar berilishi mumkin.