Fuqarolik protsessual kodeksi 107-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish

Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza sudya (sud) tomonidan ariza tushgan kuniyoq javobgarni va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni xabardor qilmagan holda hal qilinadi. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.