Fuqarolik protsessual kodeksi 110-modda. Daʼvoni taʼminlash choralariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik

Ushbu Kodeks 106-moddasi birinchi qismining 2 , 3 , 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan taqiqlar buzilganda aybdor shaxslar ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda sudning ajrimi bilan jarimaga tortiladi. Daʼvogar bu shaxslardan sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimini bajarmaganliklari oqibatida oʻzi koʻrgan zararning oʻrni qoplanishini umumiy asoslarda talab qilishga haqli.