Sud (sudya) daʼvoni taʼminlash bilan birga daʼvogardan javobgarga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishi mumkin. Javobgar daʼvoni rad qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin daʼvogardan daʼvogarning iltimosnomasiga koʻra daʼvoni taʼminlash boʻyicha koʻrilgan choralar natijasida oʻziga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.