Fuqarolik protsessual kodeksi 121-modda. Ish yuritishni tiklash

Ish yuritish uni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar barham topganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra yoki sudning tashabbusi bilan tiklanadi. Ish yuritish tiklangan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni umumiy asoslarda chaqiradi. Ish yuritishni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.