Ish yuritish sudning ajrimi bilan tugatiladi. Agar ish yuritish ish sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli tugatilsa va nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʻlsa, sud arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligini koʻrsatishi shart. Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.