Fuqarolik protsessual kodeksi 133-modda. Sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash va ularning miqdorlarini kamaytirish

Davlat bojini toʻlashni kechiktirishga qonunchilikda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi. Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki ikkalasining davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga yoʻl qoʻyishi, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishi mumkin.