Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar ular oʻz vazifalarini bajarib boʻlganidan soʻng sud tomonidan toʻlanadi. Ekspertlar va mutaxassislar sudning topshirigʻi boʻyicha bajargan ishi uchun, agar bu ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, haq oladi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xodimlarning sudga borishi munosabati bilan ularning ishda boʻlmagan vaqtida ish joyidagi oʻrtacha ish haqi qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi. Mehnat munosabatlariga kirishmagan guvohlar odatdagi mashgʻulotlaridan qoldirilganligi uchun amalda sarflagan vaqti va belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqilgan holda haq oladi. Toʻlanishi lozim boʻlgan summalarni toʻlash tartibi va ularning miqdorlari qonunchilik bilan belgilanadi.