Protsessual majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda majburiy keltirish; 2) ogohlantirish; 3) sud majlisi zalidan chiqarib yuborish; 4) sud jarimasi. Shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralarining qoʻllanilishi uni ushbu Kodeksda yoki sud tomonidan belgilangan tegishli majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.