Protsessual harakatlar qonunda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Protsessual muddatlar qonunda belgilanmagan hollarda, ular sud tomonidan tayinlanadi. Protsessual harakatlarni bajarish uchun muddatlar albatta yuz berishi lozim boʻlgan voqeani koʻrsatgan holda kalendar sana bilan yoki muayyan davr bilan belgilanadi. Muayyan davr bilan belgilanganda harakat butun davr mobaynida amalga oshirilishi mumkin.