Fuqarolik protsessual kodeksi 157-modda. Sud chaqiruv qogʻozining mazmuni

Sudga chaqirish toʻgʻrisidagi sud chaqiruv qogʻozida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) sudning nomi, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili; 2) kelish joyi va vaqti; 3) shaxs qanday ish yuzasidan chaqirilayotganligi; 4) shaxsning kim tariqasida chaqirilayotganligi; 5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish boʻyicha oʻzlari ega boʻlgan hamma dalillarni taqdim etish toʻgʻrisidagi taklif; 6) chaqiriluvchi yoʻqligi sababli chaqiruv qogʻozini qabul qilib olgan shaxsning imkoniyat boʻlishi bilanoq uni darhol chaqiriluvchiga topshirishga majburligi; 7) sudga kelmaganlikning ushbu Kodeksning 220 , 221 va 222-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlari. Sudga chaqirish toʻgʻrisida elektron hujjat tarzida yuborilayotgan sud chaqiruv qogʻozida ushbu modda birinchi qismining 1 — 5 , 7-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.