Fuqarolik protsessual kodeksi 165-modda. Javobgarni (qarzdorni) qidirish

Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi va mayib boʻlish yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining oʻlimi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvolar boʻyicha javobgarning (qarzdorning) amaldagi turish joyi nomaʼlum boʻlgan taqdirda, javobgar (qarzdor) qidirilishi shart. Bunday hollarda sud ichki ishlar organlari tomonidan javobgarni (qarzdorni) qidirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.