Fuqarolik protsessual kodeksi 170-modda. Sud buyrugʻiga oid umumiy qoidalar

Sud buyrugʻi nizosiz talablar boʻyicha sud muhokamasi oʻtkazmasdan berilgan sud hujjatidir. Sud buyrugʻi ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrugʻi boʻyicha undiruv buyruq berilganidan keyin oʻn kunlik muddat oʻtgandan keyin va sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Aliment undirish va xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi lozim.