Sudya sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etadi. Sudya arizani qabul qilishni quyidagi hollarda ham rad etadi, agar: 1) arz qilingan talab ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa; 2) qarzdor Oʻzbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda boʻlsa; 3) huquq toʻgʻrisida nizo mavjud deb hisoblansa. Arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi. Arizani qabul qilish rad etilganligi undiruvchining shu talab boʻyicha daʼvo ishini yuritish tartibida daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.