Fuqarolik protsessual kodeksi 185-modda. Nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ish bilan birga koʻrib chiqilishi mumkin boʻlmagan nizolar

Er-xotinning mol-mulkini boʻlish haqidagi talabi, agar bu nizoni toʻgʻri hal etish uchun ishga uchinchi shaxslarni jalb qilish zarur boʻlsa, nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ish bilan birga koʻrilishi mumkin emas.