Fuqarolik protsessual kodeksi 186-modda. Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha javobgarning sudga kelishi

Sud alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha javobgarning sudga kelishini shart deb topishi mumkin. Agar bunday holda javobgar sud tomonidan uzrsiz deb topilgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, u majburiy tartibda keltiriladi va ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda jarimaga tortiladi.