Ishning muhokamasi chogʻida yuzaga keladigan barcha masalalar sudya tomonidan yakka tartibda, ishni sudyalar hayʼati koʻrayotganda esa sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan hal etiladi. Masala hayʼat tarkibida hal qilinayotganida sudyalarning birortasi ham ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi. Ozchilik tomonida qolgan sudya sud hujjatini imzolashi shart va alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli. Sudyaning alohida fikri konvertga solinib muhrlangan holda ishga qoʻshib qoʻyiladi, biroq oʻqib eshittirilmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli.