Fuqarolik protsessual kodeksi 213-modda. Sud protsessi ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshirish

Sud majlisining kotibi mazkur ish boʻyicha chaqirilganlardan kimlar kelganligini, kelmaganlarga sudning chaqiruv qogʻozlari yoki boshqa xabarnomalar topshirilgan-topshirilmaganligini (yetkazib berilganligini) va ularning kelmaganligi sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini sudga maʼlum qiladi. Sud kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatini tekshiradi.