Fuqarolik protsessual kodeksi 219-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomalarini hal qilishi

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi va ishni muhokama qilish bilan bogʻliq boshqa barcha masalalar boʻyicha iltimosnomalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikr-mulohazalari eshitilganidan keyin sudning ajrimi bilan hal qilinadi.