Taraflar uzrsiz sabablarga koʻra sud majlisiga kelmagan taqdirda, agar ularning bittasidan ham ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilish toʻgʻrisida ariza tushmagan boʻlsa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi. Taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa, sud arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli. Faqat daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa, sud javobgarning roziligi bilan arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli.