Fuqarolik protsessual kodeksi 222-modda. Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimonning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari

Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni kelmagan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoʻqligida koʻrish mumkinligi toʻgʻrisidagi fikrlarini eshitadi va sud muhokamasini davom ettirish yoki ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida ajrim chiqaradi. Agar chaqirilgan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, ularga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin. Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv boʻyicha sud majlisiga kelmasa, u sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin.