Fuqarolik protsessual kodeksi 225-modda. Ishni mazmunan koʻrishning boshlanishi

Ishni mazmunan koʻrish raislik qiluvchining ish toʻgʻrisidagi maʼruzasidan boshlanadi. Soʻngra raislik qiluvchi daʼvogardan oʻz talablarini quvvatlash-quvvatlamasligini, javobgardan daʼvogarning talablarini tan olish-olmasligini va taraflarning ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashni istash-istamasligini soʻraydi.