Raqamli dalillar yoki ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ularni koʻzdan kechirish bayonnomalari sud majlisida namoyish etiladi yoki oʻqib eshittiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur boʻlgan hollarda esa ekspertlarga, mutaxassislarga xamda guvohlarga tanishish uchun taqdim etiladi. Shundan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu dalillar yuzasidan tushuntirishlar berishi mumkin.