Xususiy tusga ega boʻlgan audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish, shuningdek ularni tekshirish chogʻida ushbu moddaning qoidalari qoʻllaniladi. Audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish sud majlisi zalida yoki shu maqsad uchun maxsus jihozlangan boshqa xonada, sud majlisi bayonnomasida dalillarning qayta namoyish qilish manbalari belgilari va qayta namoyish qilish vaqti koʻrsatilgan holda amalga oshiriladi. Shundan keyin sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ular vakillarining tushuntirishlarini eshitadi. Zarur boʻlgan hollarda, audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish toʻliq yoki qisman takrorlanishi mumkin. Audio- yoki videoyozuvdagi mavjud maʼlumotlarni aniqlash maqsadida sud tomonidan mutaxassis jalb etilishi, shuningdek ekspertiza tayinlanishi mumkin.