Mutaxassis tomonidan berilgan maslahatni (tushuntirishni) oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida sud majlisida unga savollar beriladi. Mutaxassis kimning arizasi boʻyicha chaqirilgan boʻlsa, oʻsha shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi. Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan mutaxassisga birinchi boʻlib daʼvogar savollar beradi. Sudya (sudyalar) mutaxassis soʻroq qilinayotganida unga istalgan vaqtda savollar berishga haqli.